Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri
(99,9 %), Jomboy (99,0 %), Nurobod (98,8 %), Kattaqo‘rg‘on (98,9 %), Ishtixon (98,7 %), Qo‘shrabot (98,6 %) va Payariq (98,6 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 20,0 %ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahrida (45,8 %), Bulung‘ur (2,7 %), Toyloq (12,9 %) va Pastdarg‘om (5,3 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati