22/06/2021

2021- yil yanvar-may oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1 827,7 ming so‘m (2020- yil yanvar-may oylariga  nisbatan 105,0 %ni  tashkil etdi) va viloyatning ayrim hududlarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasining ko‘payish sur’atlari kuzatildi, nisbatan yuqori o‘sish  sur’atlari   Toyloq   (108,7 %), Paxtachi (108,6 %), Nurobod  (107,2  %), Kattaqo‘rg‘on (108,0 %), Jomboy (109,0 %)  va  Payariq (108,5 %)  tumanlarining  hissasiga  to‘g‘ri  keldi.

       Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda  eng  quyi hajm Ishtixon tumanida  (932,1  ming  so‘m),   Toyloq tumanida (956,2 ming so‘m) va Paxtachi tumanida (958,5 ming  so‘m) kuzatildi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech