Mamlakatimizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2021- yil yanvar-iyun oylarida, viloyat tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 41,3 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2020-yilning yanvar-iyuniga nisbatan ulushi 5,8 % ga oshgan.
Aksincha boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasi esa 2021- yil yanvar-iyun oylarida 2020- yilning shu davriga nisbatan 5,8ga kamaydi va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 58,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati