2021- yil yanvar-iyunt oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6987,0 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 79,9 % ini tashkil etib. 2020- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,7 % ga o‘sishi kuzatildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Samarqand shahri (1971,3 mlrd. so‘m), Urgut tumani (821,1 mlrd. so‘m), Kattaqo‘g‘on shahri (602,3 mlrd. so‘m), Pastdarg‘om tumani (459,3 mlrd. so‘m), Bulung‘ur (374,7 mlrd. so‘m), Kattaqo‘g‘on (372,0 mlrd.so‘m) va Payariq (339,4 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati