2020- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 2569,2 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2020- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 110,0 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Samarqand shahri (924,4 mlrd. so‘m), Urgut (159,9 mlrd. so‘m), Oqdaryo (216,5 mlrd. so‘m), Samarqand (138,5 mlrd. so‘m), Payariq (185,7 mlrd.so‘m), Jomboy (139,8 mlrd. so‘m) hamda Ishtixon (932,6 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Axborot xizmati