09/08/2021

Joriy yilning 9- avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida on-layn shaklda  “Samarqand viloyatida 2021- yilning yanvar - iyun oylari davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasi koʻrsatkichlari tahlili” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida dastlab Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdiyev Sharof Azamovich so‘z yuritdi. U Samarqand viloyatida 2021- yilning oʻtgan olti oyi davomida amalga oshirilgan eksport va import mahsulotlarining statistik tahlili toʻgʻrisida qisqacha maʼruza qildi.

Shuningdek, boshqarmaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi boshligʻi Abdirayimov Nodir Mavlanovich viloyat tashqi savdo aylanmasi, qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksporti, davlatimiz tomonidan bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi statistik koʻrsatkichlarning qanday shakllanishi toʻgʻrisida gapirib o‘tdi.

Tadbir yakunida OAV vakillarining mavzu yuzasidan bergan savollariga statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan batafsil javob berildi. 

Axborot  xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech