10/08/2021

2021- yil II chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi.
         
Ushbu so‘rovnomada 1877 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 765 (40,8 %)tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 966 (51,5%) ta subektlar
iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 146 (7,8%)ta sub'ektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan.

         Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va  mikrofir-malarning taqsimlanishi (ulushi) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida  – 5,8 % (108 ta), sanoatda – 19,0  % (356 ta),  qurilishda – 7,3 % (137 ta) , savdoda – 40,3 % (756 ta), xizmatlar sohasida – 27,6 % (520 ta)ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech