2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2377,1 ming taga yetdi. 2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 49,1 ming taga (2,1 %) ko‘paydi.
2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 89,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Axborot xizmati