2021– yining 1– iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 4,3 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 95,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim. Shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 6,6 % fermer xo‘jaliklariga, 89,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 4,1 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 13,5 % fermer xo‘jaliklariga, 85,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,2 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 20,7 % fermer xo‘jaliklariga, 53,4 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 25,8 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati