12/08/2021

2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 567,0 ming taga yetdi. 2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni  23,3 ming taga
(1,6 %) ko‘paydi.

Yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 94,5 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech