13/08/2021

   Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 837,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 162,8 mln. AQSh dollariga yoki 24,1 %ga  ko‘paydi.

TSA da eksport hajmi 222,0 mln. AQSh dollariga (47,0 %ga ko‘paydi) va import hajmi 615,4 mln. AQSh dollariga (17,6 %ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida  -393,4 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech