30/08/2021

 Joriy yilning 30-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4796-son qarori hamda sanoat statistikasi ko‘rsatkichlarini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda xodimlar bilimini sinovdan o‘tkazish maqsadida  onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.

 Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig‘i, bo‘lim xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.

  Vebinarni boshqarmaning Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig’i Bo֥‘tayev Jo‘rabek Zoyirovich ochib, qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, qarorning asl mazmun-mohiyati, unda qo‘yilgan talablar, sanoat sohasi statistikasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuntirishlar berdi.

  Shuningdek, vebinarda hududiy statistika bo‘lim xodimlarining sanoat tarmog‘i bo‘yicha bilimlari, boshqarmaning sanoat statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan savol-javob tariqasida sinovdan o‘tkazildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech