Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar - iyul oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 943,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 142,1 %ga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 224,4 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 93,6 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 719,1 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 169,5 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati