27/09/2021

Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 2021- yilning 27- sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11-avgustida imzolangan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi (OʻRQ–707-son) Qonuni mazmun- mohiyatini tushuntirish  yuzasidan yigʻilish seminar tashkil etildi.

Tadbirga viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlari hamda onlayn ravishda hududiy statistika boʻlim xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev sharof agzamovich ochib, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida, soʻnggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilganligi. Jumladan, islohotlarning muhim yoʻnalishi sifatida statistika sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

Shuningdek, boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi boshligʻi Z. Davronov soʻzga chiqib, yangi qonunni ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi model qonuniga tayanilganligi, jarayonga hukumat, vazirlik va idoralar masʼullari hamda Jahon bankining xorijiy ekspertlari jalb etildi. MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilganilganligi, natijada, bugungi kun talabiga va xalqaro andozalarga toʻla mos keluvchi yangi Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni ishlab chiqildi va tasdiqlanganligi haqida toʻxtaldi.

Yigʻilish keng munozaralarga boy tarzda savob-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Boshqarma rahbariyati Qonuning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yigʻilganlarga toʻliq tushuncha berib ularning savollariga javob qaytarishdi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech