O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining buyrug‘iga asosan 2021- yil 22- sentabrdan boshlab Musinov Dilshod Sultanovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Musinov Dilshod Sultanovich 1978- yil Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tavallud topgan, oliy ma’lumotli, 1999- yil Samarqand Davlat universitetini, 2006- yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2008- yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Musinov o‘z ish faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ko‘p yillar davomida hokimlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2019-2021- yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Axborot xizmati