Joriy yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining bir guruh mas’ul xodimlari ishtirokuda Davlat statistika ishlari dasturi ijrosini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A. Ikramov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” qabul qilinganligi, ushbu hujjatlarda davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar, Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil I-II chorak yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan hayat kengashi yig‘ilishlarii topshiriqlarini bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i B. Irgashev, hududlarda Davlat statistika ishlari dasturi ijrosini o‘rganish vaqtida uchragan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish, O‘zbekston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2021- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida fikr bildirildi.
Yig‘ilishda tizimda olib borilayotgan barcha ishlarni o‘z vaqtida, sustkashlikka yo‘l qo‘ymagan holda sifatli va to‘liq tashkil etish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida, yuqorida keltirib o‘tilgan masalalar yuzasidan boshqarma hamda hududiy statistika bo‘limlar xodimlarii ishtirokida, muntazam ravishda, grafik asosida seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.
Axborot xizmati