04/11/2021

Samarqand viloyati moliya boshqarmasi ishchi-xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosining holati yuzasidan joriy yilning 4- noyabr kuni o‘quv-seminar tashkil etildi.

  Seminarda  F. Shukurov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, internet tarmogʻi orqali aholini roʻyxatga olish uchun maxsus axborot tizimi (https://census.stat.uz/) ishlab chiqilgani, mazkur axborot tizimida sinov oʻtkazilishi belgilangan hududlar aholisi uchungina emas, balki, respublikamizning barcha hududlarida yashovchi va boshqa davlatlarda vaqtincha boʻlib turgan fuqarolar uchun ham tizimga kirib, roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratilgan  to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan barcha me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosini borishi yuzasidan tushunchalar berildi.  

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech