Hududlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib, 41,9 % ni, shuningdek, Urgut tumani 14,4 % ni, Samarqand tumani 8,5 % ni hamda Jomboy tumani 6,0 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida yuqori ko‘rsatkich Qo‘shrabot (318,2 %), Paxtachi (228,3 %), Toyloq (199,5 %), Samarqand (139,9 %) hamda Oqdaryo (138,6 %) tumanlarida qayd etildi.
Axborot xizmati