Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar - oktabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 409,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 39,7 % ga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 392,2 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 110,6 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1016,9 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 156,7 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati