2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Bugun, 14- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi xodimlari uchun tashkil etilgan videoaloqa orqali seminar yig‘ilishi bo‘lib otdi. O‘quv seminarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdiyev, boshqarma “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i N.Abdurayimov hamda bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Hududiy statistika boshqarmalari tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo bo‘limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.
Axborot xizmati