Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra 9 626 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 481 taga yoki 34,7 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 9 041 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 285 taga yoki 33,8 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 2 986 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 309 taga yoki 11,5 % ga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.
Axborot xizmati