15/02/2022

Samarqand viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi yanvar-dekabr oylarida 2 459,0 ming so‘mni tashkil etdi. Viloyat hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Samarqand shaharda 3 147,5 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan (128,0 %), Jomboy tumanida 2 524,0 ming so‘mni (102,6 %), tashkil etgan.

Boshqa hududlarga nisbatan past ko‘rsatkich Paxtachi tumanida 1 881,7 ming so‘mni (76,5 %), Qo‘shrabot tumanida 1 884,7 ming so‘mni (76,6 %), Oqdaryo tumanida 1 911,1 ming so‘mni (77,7 %), Kattaqo‘rg‘on tumanida 1 913,6 ming so‘mni (77,8 %) tashkil etib, viloyatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech