Viloyatda 2022- yil 1- mart holatiga xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 664 tani tashkil etadi, shundan 439 tasi qo‘shma korxonalar, 225 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Davlatlar kesimida ko‘rib chiqqanda ularning asosiy ulushi (jami xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga nisbatan) Turkiya Respublikаsi 110 ta, shundan 68 tasi qo‘shma korxonalar, 42 tasi esa xorijiy korxonalar, Xitoy Xаlq Respublikаsi 98 ta, shundan 72 tasi qo‘shma korxonalar, 26 tasi esa xorijiy korxonalar, Rossiya Federаtsiyasi 96 ta, shundan 63 tasi qo‘shma korxonalar, 33 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati