2022-yilning yanvar-mart oylarida bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 4 802,4 mlrd. so‘mni, shu jumladan qishloq joylarida 1 426,6 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 29,7 foizi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 foiz)ni tashkil qildi.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush savdo (jami xizmatlarning 27,9 foizi), transport (21,1 foizi) xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlarda (135,9 foiz), boshqa turdagi xizmatlarda (127,1 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (117,7 foiz) hamda me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda (117,1 foiz) o‘sish sur’ati yuqori bo‘ldi.
Axborot xizmati