Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.
Olma importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oshgan.
O‘zbekistonga 4 oy mobaynida eng ko‘p olma mevasini import qilingan davlatlar:
— Eron – 15,2 ming tonna
— Polsha – 2,2 ming tonna
— Moldova – 1,5 ming tonna
— Ukraina – 1,8 ming tonna
— Turkiya – 732,6 tonna
— Xitoy– 523,6 tonna
— Qozog‘iston – 164,3 tonna
Axborot xizmati