Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oyida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 161,1 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 553,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,8 mln. AQSh dollariga yetdi.
Import tarkibida eng yuqori ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,7 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (21,1 %) hamda sanoat tovarlari (21,4 %), hisobiga toʻgʻri keldi.
XSST bo‘yicha import tarkibi
(2022- yil yanvar-aprel, ulushi, % da)
2022-yilning yanvar-aprel oylarida import hajmi 553,8 mln. AQSh dollarini va 2021-yilga nisbatan 141,1 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati