10/06/2022

2022–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 63,8 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 3,1 % ga ko‘p) yetishtirildi. Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 93 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.

 

Malumot uchun: 2022–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 63,8 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 3,1 % ga ko‘p), 275,9 ming tonna sut (1 % ga ko‘p), 216,2 mln. dona tuxum (11,3 % ga kam) va 125,1 tonna baliq (37,4 % ga kam) ovlandi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech