2022-yilning yanvar-mart oylarida 1 549,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 foizni tashkil etdi. Qurilish ishlari umumiy hajmining 27,8 foizi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha 69,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’ektlarini qurish bo‘yicha va 3,1 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga, jumladan, umumiy hajmdan 71,6 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to‘g‘ri keldi. Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 1 513,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 97,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2,1 bandga ko‘payish kuzatildi.
Axborot xizmati