O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan 2022- yilning 1-iyuliga qadar “Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganish” maqsadida ishchi guruh tarkibi tashkil etildi.
Topshiriqga muvofiq, Samarqan viloyati statistika boshqarmasi ishchi guruh xodimlari tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini hamda islohotlarning samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqot metodologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Malumot uchun: Taqiqot to‘rt yo‘nalishdagi islohotlarni o‘z ichiga oladi, bular ishbilarmonlik muhiti, aholi turmush darajasi, davlat institutlarining sifati va hududning makrobarqarorligi metodlari orqali baholanadi va har bir yo‘nalish bo‘yicha moliya, mehnat bozori, infratuzilma, ijtimoiy infratuzilma, o‘zaro hamkorlik , bozor va korrupsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar natijalari baholanadi.
Axborot xizmati