2022-yilning 1-iyulidan respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi. 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun oʻz hududlari miqyosida bevosita masʼul etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududuiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdikulov Qobiljon G‘ulomovich Samarqand viloyat statistika boshqarmasida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.
Unda viloyatining barcha shahar va tumanlarining Roʻyxatga olish boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etib, ularga registratorlarni tanlab olishdan tortib, ularni bajaradigan vazifasi yuzasidan nazariy va amaliy koʻnikmalarni tushuntirishgacha boʻlgan jarayonning barcha jihatlari tushuntirildi.
Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrishlarida roʻyxatga olish boʻlimlarining masʼuliyati va vazifalari alohida taʼkidlandi.
Axborot xizmati