2022–yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 294,8 ming tonna sabzavotlar (2021–yilning yanvar–iyuniga nisbatan 1,6 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 82,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati