25/08/2022

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

 

Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etilmoqda.

 

 

Mazkur sinov jarayonlarida o‘quv tayyorgarligidan o‘tgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joylashgan manziliga tashrif buyurgan holda respondentlar bilan og‘zaki so‘rov o‘tkazib, ularning javoblari asosida ma’lumotlarni planshet qurilmalariga kiritishmoqda.

 

 

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar jarayonlarda aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirining maqsad va vazifalari va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma’lumotlar bermoqda.

 

 

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech