Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 6 913,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,7 foizni tashkil etdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 1732,8 mlrd. so‘mni (107,1 %ni), kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 5 180,5 mlrd. so‘mni (110,6 %ni) va jami ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 74,9 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati