28/11/2022

    2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 65,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 404,1 ming tonna kartoshka import qilgan.

    Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,7 ming tonnaga oshgan.

    2022- yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:

  • Pokiston – 258,2 ming tonna
  • Qozogʻiston – 96,3 ming tonna
  • Qirgʻiziston R. – 16,8 ming tonna
  • Rossiya – 15 ming tonna
  • Niderlandiya – 6,3 ming tonna
  • Eron – 5,6 ming tonna

    2022- yil yanvar-sentabr oylarida respublikamizda 2,6 mln. tonna kartoshka yetishtirilgan.

    Kartoshka yetishtirish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,6 foizga oshgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech