28/11/2022

    Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-oktabr  oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 663,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 486,4 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 110,7 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi  1 177,0 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati  103,3 %)  tashkil etdi.

    Tovar aylanmasi ulushi va hajmi

  • Uyushmagan savdo – 1 663,4 mlrd. so‘m 100 foiz
  • Dehqon bozorlari – 486,4 mlrd. so‘m 29,2 foiz
  • Chorva bozorlari – 1 177,0 mlrd. so‘m 70,8 foiz

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech