16/03/2023

    2023- yilning 16- mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi F.Eshonkulov maʼruza qilib, Oʻzbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini tizim xodimlariga tanishtirish, yangilanayotgan Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonlari xususida maʼlumot berdi:

    – Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz loyihasini ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etdi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan boʻlsa, ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi, desak toʻgʻri boʻladi. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpaymoqda.

 

 

    Yaʼni, amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. Shu bois, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, koʻlami va hajmidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomi «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida» deb oʻzgartirildi. Aholidan kelib tushgan takliflarning qariyb 20 foizi, yaʼni 18 mingtasi aynan parlamentni isloh qilish bilan bogʻliqdir. Shundan kelib chiqib, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, xalq vakillik organi boʻlmish parlamentning rolini va oʻrnini, masʼuliyatini oshirish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, umuman mamlakatimizda parlamentarizm, xalq hokimiyatchiligini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator normalar loyihaga kiritilgan.

    Tadbirda shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023- yil 30- aprel kuni o‘tkazilishi, referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkinligi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilinganidek, referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni esa 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech