Navro‘z, atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singa boradi.
Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik 21- martdan boshlab nishonlangan va bir hafta, o‘n kun, hatto, ba’zi joylarda bir oygacha davom etgan bayram. Navro‘z bayrami - bu dehqon, cho‘pon, hunarmand, qo‘yingki, hammamizning haqiqiy umumxalq bayramimizdir.
Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.
2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash topshirilgan edi, shu maqsadda Samarqand viloyati statistika boshqarmasida ham keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 2023- yilning 17- mart kuni boshqarma xodimlari uchun milliy taomlarimizdan bo‘lmish osh, sumalak tayyorlandi. Shuningdek, bayramda kuy-qo‘shiqlar yangradi, o‘ziga yuklatilgan vazifani yaxshi bajargan xodimlarga maqtov yorliqlari topshirildi.
Axborot xizmati