O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 14 ta samolyot import qilgan.
2023- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston samolyot import qilgan davlatlar:
— Germaniya – 6 ta (421,7 mln)
— Litva – 4 ta (66,7 mln)
— Shveysariya – 1 ta (86,5 mln)
— Fransiya – 1 ta (64,3 mln)
— Singapur – 1 ta (61,6 mln)
— Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSh dollari)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilgan.
Axborot xizmati