Samarqand viloyatida 2023- yil 1- aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 246,7 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,2 kishiga ortgan (2022- yilda 1 kv.km.ga 241,5 kishi). Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo’rg’on shahrida 9390,0 kishi, Samarqand shahrida 4798,3 kishi, Toyloq tumanida 774,6 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobot tumani 32,9 kishi, Qo‘shrabot tumani 64,7 kishi, Paxtachi tumani 109,0 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati