2023-yil 1-iyun holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 998 tani tashkil etib, o‘sish sur’ati 78,6 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 6 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 992 tani tashkil qildi.
2023-yilning yanvar-may oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 398,8 mlrd. so‘mni (105,6 % ni) tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 74,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati