17/07/2023

    Joriy yilning 17-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi majlislar zalida boshqarma rahbariyati hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida «Korrupsiya oqibatlari bilan emas, sabablariga qarshi kurashish kerak» mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

 

Ushbu ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning kun tartibidagi masala yuzasidan axboroti tinglandi.

Jumladan, korrupsiya nimaligi, uning oqibatlari qanday bo‘lishi va bu illatning jamiyatdagi xavf-xatarini har bir xodim anglashi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, korrupsiya bilan kurashishda doimo davlat organi mas’ul emas, hamma birdek kurashishi kerak.  

 

 

Korrupsiya mohiyatini anglagan har bir inson qaysi format yoki bosqichda bo‘lmasin, o‘z faoliyati doirasida kurashga hissa qo‘shishga intilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda strategiyani o‘zgartirish kerak, ya’ni uning oqibatlari bilan emas, sabablari bilan kurashish lozim.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech