Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra ularning soni 16 209 tani tashkil etmoqda. Ularning 99,8 foizi yoki 16 169 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 73,4 foiz ulushni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘zgarish sur’ati 89,0 foizni tashkil etdi; -avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 17,0 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 103,1 foizni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 9,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 102,4 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati