05/07/2024

    Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. 

       Yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlari hamda “Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi. 

 

     Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Repsublikasi Qonunining 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrar ekanligi to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirish berildi.

  

      Jumladan, tizimda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan barcha bo‘lim xodimlarini ogoh bo‘lishga chaqirdi. 

                                                                                                                                 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech