2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 11 299,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 107,5 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 311,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,0 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 9 988,0 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,7 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 231,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 112,8 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati