01/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha:

Qirg‘iz Respublikasi – 942,2 ming nafar

Tojikiston – 793,9 ming nafar

Qozog‘iston – 617,2 ming nafar

Rossiya – 240,1 ming nafar

Afg‘oniston – 156,6 ming nafar

Turkmaniston – 109,6 ming nafar

Turkiya – 49,4 ming nafar

Xitoy – 38,1 ming nafar

Hindiston – 22,6 ming nafar

Italiya – 11,1 ming nafar

Boshqa davlatlar – 136,8 ming nafar

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech