O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.


Mazkur farmonga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan shaxsga hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular 2026-yil 15-fevralga qadar Milliy statistika qo‘mitasiga elektron shaklda taqdim etiladi.


Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati joyida o‘rganildi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Basitxanova Elmera Erkinovna ishtirok etib, shtab a’zolari bilan bevosita suhbatlashdi. Ro‘yxatga olish jarayonida Kadastr organlarining ishtiroki hisoblangan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, hamda mahalla kesimida aniqlik kiritish masalalari chuqur o‘rganildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman hokimi, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, jarayonni sifatli amalga oshirish masalalarida fikr almashdilar.



