Hurmatli hamkasblar, qadrli fuqarolar!
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan Sizni kirib kelayotgan Yangi — 2026-yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
O‘tib borayotgan yil mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar, muhim davlat dasturlari hamda mas’uliyatli vazifalar bilan yodda qoldi. Statistika tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni bajarish, aholi hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida ishonchli va xolis ma’lumotlarni shakllantirish yo‘lida jamoamiz tomonidan samarali va fidokorona mehnat qilindi.
Yangi yilda ham yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilish, statistika sohasida ochiqlik, shaffoflik va sifatni yanada oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish asosiy maqsadlarimizdan bo‘lib qoladi.
Kirib kelayotgan Yangi yil har bir xonadonga tinchlik va osoyishtalik, mustahkam salomatlik, fayz va baraka olib kelsin. Barcha ezgu niyat va rejalaringiz ro‘yobga chiqsin, oilalaringizda baxt va farovonlik doimiy hamroh bo‘lsin!
Yangi yil muborak bo‘lsin!

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan Sh. Abdiyev



