Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 56 ta xorijiy davlatga qiymati 45,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 23,9 ming tonna quritilgan o‘rik eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,7 ming tonnaga yoki 2,4 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p quritilgan o‘rik yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 5,5 ming tonna;
Qozog‘iston – 4,6 ming tonna;
Turkiya – 4,1 ming tonna
Rossiya – 1,8 ming tonna
Ukraina – 1,5 ming tonna
Boshqa davlatlar – 6,5 ming tonna.

Axborot xizmati



