08/01/2026

    Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ishlari barcha tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich, seminarlar shaklida izchil davom etmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni elektron tizimlarga aniq, ishonchli va sifatli kiritilishini ta’minlashdan iborat.

    Shunday tadbirlardan biri bugun 8 – dekabr kuni Samarqand Agroinovatsiyalar va tadqiqotlar inistitutida bo‘lib o‘tdi. Seminarni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov olib bordi.

    Tadbir davomida ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholi va xo‘jalik subyektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, shuningdek, turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech