09/01/2026

 

    “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoniga tayyorgarlik ishlari barcha tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich, seminarlar shaklida izchil davom etmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni elektron tizimlarga aniq, ishonchli va sifatli kiritilishini ta’minlashdan iborat.

    Shu kabi navbatdagi o‘quv-amaliy seminar Samarqand viloyati Samarqand shahar mahallalaridagi soliq inspektorlari uchun tashkil etildi. Tadbirni Samarqand shahar statistika bolim xodimlari olib bordi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholi va xo‘jalik subyektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, shuningdek, turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech